KOMPANIYA HAQIDA

“Oʼzmaxsusmontajqurilish” aktsiyadorlik kompaniyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 27 fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2136 - sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Kompaniya 1965-1992 yillarda faoliyat koʼrsatgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi va 1992-2014 yillarda faoliyat koʼrsatgan “Oʼzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi... batafsil

  
  
«O’zmaxsusmontajqurilish» AK yagona aksiyadori

  

 
O'zbekiston Respublikasi Davlat Raqobat Qo'mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi, 2016 yil 16 sentyabrdagi 622-sonli shartnoma asosida ishonchnoma orqali boshqaruvchi, davlat ishonch vakili - Shodiev Muxamadjon Ishpulatovich,  60 150 435 dona ovoz berish huquqini beruvchi oddiy aktsiyalarga egalik qiladi va shu tariqa "O'zmaxsusmontajqurilish" AKning yagona aksiyadori xisoblanadi.

"Aktsiyadorlik jamiyati va aktsiyadorlarning huquqini himoya qilish" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 58-moddasiga asosan, agar jamiyatda hamma oddiy aktsiyalar yagona aktsiyadorga tegishli bo'lsa, aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilmaydi.

 "Aktsiyadorlik jamiyati va aktsiyadorlarning huquqini himoya qilish" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va Kompaniyaning Ustaviga asosan aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi vakolati yagona aktsiyador tomoniga o'tadi va qarori yozma korinishda rasmiylashtiriladi.
   
   
 Joylashtirilgan sana: 07.07.2015
   
 Joylashtirilgan sana: 25.10.2015
  
 Joylashtirilgan sana: 27.01.2016
  
 Joylashtirilgan sana: 29.06.2016

 


загрузка карты...