Accessibility Tools

Hamkorlik

Xalqaro munosabatlar

500px-Uzbekistan_on_the_globe_(Eurasia_centered).svg.png

“O’zmaxsusmontajqurilish” aktsiyadorlik kompaniyasi, xalqimiz va hukumatimiz oldida Respublikaning iqtisodiy salohiyatini oshirish, buning uchun yangi zavod, fabrikalar, ta’lim muassasalarini qurish, og’ir va engil sanoat tarmoqlarini isloh qilish, eski texnologiyalarni yangilari bilan almashtirish va kishilarning turmushini yaxshilash vazifasi kompaniyaning tashkilotlari va quruvchi montajchilarining zimmasiga yuklatilganligini inobatga olib, qurilish ishlari, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini o’zlashtirish sohasida ilg’or chet el tajribasini o’rganish, soha ishchilari malakasi darajasini oshirishga qaratilgan xalqaro o’zaro aloqadorlik va hamkorlikning faol ishtirokchisi hisoblanadi. 

xcmg-banner.jpg

Bugungi kunda respublikamizda olib borilayotgan qurilish ishlarini sifati, iqtisod jihatdan qaratilgan loyihani amalga oshirish doirasida Xitoy Xalq Respublikasining «XCMG» kompaniyasi bilan o’zaro aloqadorlik o’rnatildi va ushbu kompaniya bilan o’zaro hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Ushbu hamkorlik doirasida ikki tomonlama shartnomalar asosida bir qator qurilish mexanizasiyalari, texnikalari, jumladan: «XR150D II» rusumidagi bur mexanizasiyasi, «QAY180» rusumidagi bir qancha kranlar keltirildi.

2.jpg

Shu bilan birga O’zbekiston-Germaniya «Man-auto Uzbekistan» qo’shma korhonasida ishlab chiqarilgan katta hajimlarda yuk tashuvchi texnikalar tashkilotlariga o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun qo’llanilib kelinmoqda.