KOMPANIYA HAQIDA

“Oʼzmaxsusmontajqurilish” aktsiyadorlik kompaniyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 27 fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2136 - sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Kompaniya 1965-1992 yillarda faoliyat koʼrsatgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi va 1992-2014 yillarda faoliyat koʼrsatgan “Oʼzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi... batafsil



 
QURILISH OB’EKTLARINI «KALITINI TOPSHIRIB» BITIRISH VA MAXSUS MONTAJ ISHLARI
«O’zmaxsusmontajqurilish» aksiyadorlik kompaniyasining
Internetdagi saytiga xush kelibsiz.

“Oʼzmaxsusmontajqurilish” aktsiyadorlik kompaniyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 27 fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2136 - sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Kompaniya 1965-1992 yillarda faoliyat koʼrsatgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi va 1992-2014 yillarda faoliyat koʼrsatgan “Oʼzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.

Kompaniyadagi tarkibiy tashkilot va korxonalar tomonidan asosan ikki yoʼnalishda, yaʼni montaj, maxsus qurilish va qurilish ishlarini bajarish hamda import oʼrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi.

Hozirgi paytda Kompaniya tarkibida jami 103 ta tashkilot va korxonalar faoliyat koʼrsatmoqda. Shundan 86 tasi montaj va maxsus qurilish ishlariga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari hamda 17 tasi sanoat korxonalaridir.

I. Kompaniya tarkibida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan 86 ta qurilish tashkilotlarining 28 tasi Kompaniyaning davlat ulushiga ega.
Shu jumladan:
«93-maxsus trest» АJ va uning tarkibidagi 11 ta tashkilotlar – davlat ulushi 83,3 foiz;
«Toshmetroqurilish» MChJ va uning tarkibidagi 5 ta tashkilotlar – davlat ulushi 100 foiz;
«Portlatishsanoat» АJ va uning tarkibidagi 1 ta tashkilot – davlat ulushi 66 foiz;
hamda Kompaniya tomonidan yangidan tashkil etilgan, 100 foiz davlat ulushiga ega boʼlgan 7ta va 1,5 foiz davlat ulushiga ega boʼlgan 1 ta ixtisoslashgan maxsus, montaj va mexanizatsiya tashkilotlari mavjud.

Kompaniya tarkibidagi ushbu montaj, maxsus qurilish va qurilish tashkilotlaridagi mavjud malakali kadrlar, ishlab chiqarish, moddiy-texnik bazalar hisobiga respublika iqtisodiyotining deyarli barcha sohalaridagi qurilish obʼektlarida qatnashib, murakkab metall konstruktsiyalar va magistral quvurlar montajidan tortib, elektr, santexnika, ventilyatsiya, havoni isitish, sovutish, kimyoviy himoya, sozlash va ishga tushirish kabi barcha maxsus qurilish ishlarini hamda infrastruktura obʼektlarini “kalit ostida” foydalanishga topshirishgacha boʼlgan ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Shuningdek, qurilish obʼektlari uchun sifati va mustahkamliligi kafolatlangan turli standart va nostandart metall kontruktsiyalar ishlab chiqarmoqdalar.

Аniqroq qilib aytganda, montaj, maxsus qurilish va qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari turlari asosan quyidagilardan iborat:
1. metall konstruktsiyalarni ishlab chiqarish va montaj qilish;
2. sanoat inshootlaridagi ishlab chiqarish texnologik tizimlarini montaj qilish;
3. magistralь gaz, suv va issiqlik quvurlarini montaj qilish;
4. oʼrta va yuqori bosimli quvurli tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish;
5. quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʼlgan elektrotexnika jihozlari
va liniyalarni montaj qilish;
6. isitish va suv taʼminoti tuzilmalari va texnologik inshootlarni montaj qilish ishlari;
7. sovutish va havoni tozalash tizimlarini montaj qilish;
8. yongʼinni oʼchirish, aloqa va telekommunikatsiya, nazorat oʼlchov asboblari avtomatikasi tizimlarini oʼrnatish;
9. kimyoviy himoya, issiqlik izolyatsiyasi, obmurovka va futerovka maxsus ishlarini bajarish;
10. sanoat va grajdan bino va inshootlarini qurish;
11. qurilish obʼektlarida yer texnologik ishlarini bajarish;
12. burgʼulash va portlatish ishlari;
 13. koʼprik, estakadalar va tunnelь inshootlarini montaj qilish;
14. quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʼlgan elektrotexnika jihozlarini sozlash va ishga tushirish ishlarini bajarish.

Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari turli sohalariga tegishli sanoat va grajdan obʼektlari qurilishida ishtirok etib kelmoqda.
Xususan,
- Qoʼngʼirot, Shoʼrtan, Chirchik Maksam, Dehqonobod kimyo zavodlari;
- Shoʼrtan, Muborak, Buxoro, Jarqoʼrgʼon neft va gazni qayta ishlash zavodlari;
- Аsaka, Toshkent, Samarqand avtomobil va motor zavodlari;
- Toshkent, Urganch, Navoiy, Samarqand xalqaro aeroportlari;
- Toshkent va Buxoro tekstil kombinatlari;
- Uchquduq, Zarafshon, Olmaliq, Navoiy rudani qayta ishlash zavodlari,
- Talimarjon GRES;
- shuningdek, hududlardagi sogʼlikni saqlash, taʼlim, sport, uy-joy va boshqa infrastruktura obʼektlari shular jumlasidandir.

“Oʼzmaxsusmontajqurilish” aktsiyadorlik kompaniyasi rahbariyati tomonidan sohaning malakali mutaxassislari hamkorligida qurilish sohasida montaj va maxsus qurilish ishlari boʼyicha bir qator iqtisodiy samarali yangi texnologiyalar joriy etildi.

Shu jumladan:
- Infrastruktura obʼektlaridagi santexnika tarmoqlariga polipropilen trubalarni qoʼllash texnologiyasi;
- uy-joy obʼektlarida xonadonlarni bir biriga bogʼliq boʼlmagan holda isitish imkonini beruvchi gorizontal uslubdagi isitish tarmogʼini qoʼllash;
- shuningdek, elektr tarmoqlarida qoʼllaniladigan import vakuumli elektr oʼchirgich jihozini ishlab chiqarish texnologiyasi respublikada birinchi marta mahalliylashtirildi.

II. “Oʼzmaxsusmontajqurilish” aktsiyadorlik kompaniyasi sanoat sohasida respublikada salmoqli oʼrinlardan biriga ega boʼlib, mamlakatimizdagi turli sohalarning qurilish obʼektlariga va asosan montaj va maxsus qurilish ishlariga zarur boʼlgan import oʼrnini bosuvchi qurilish materiallari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi jami 17 ta sanoat korxonalarini oʼzida jipslashtirgan.

1992 yildan buyon “Oʼzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi va uning huquqiy vorisi sifatida faoliyat yuritayotgan “Oʼzmaxsusmontajqurilish” aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimiz yordamlari bilan montaj va maxsus qurilish tashkilotlarini import oʼrnini bosuvchi mahalliy qurilish mahsulotlari va ashyolari bilan taʼminlash ishlari rivojlantirilib kelinmoqda.

Xususan, xorijdan, shu jumladan Rossiya, АQSh, Xitoy va Turkiya davlatlari investitsiyalari hamda mahalliy investorlar jalb etilib,“Toshkent truba zavodi” QK MChJ, “Konvektor” MChJ, “Zavod NVA” MChJ, “Puls-Bah” QK MChJ, “Sitan” MChJ, “Noa” MChJ, “Olmaliq-metall-konstruktsiya” MChJ, “Ven Kon air injiniring” XK, “Davr temir-beton servis” MChJ, “Sam servis texnologia” MChJ, “Toshelektrotexmontaj” MChJ, “Universal metallkonstruktsiya” MChJ  va “Toshkent metallkonstruktsiya” MChJ korxonalari tashkil etildi.

Shuningdek, “Uzbek boyler” MChJ korxonasida respublikada birinchi marta sanoat isitish qozonlarini ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi.

Bugungi kunda Kompaniya tarkibidagi sanoat korxonalari tomonidan import oʼrnini bosuvchi 200 dan ortiq turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Shu jumladan:
- diametri 15 mm.dan 102 mm.gacha boʼlgan toʼgʼri chokli metall quvurlar;
- 20x20 mm.dan 200x150 mm.gacha boʼlgan kvadrat va toʼrt burchakli metall quvurlar;
- toʼgʼri va spiral chokli diametri 114mm.dan 377 mm.gacha boʼlgan metall quvurlar;
- magistral neft-gaz-suv tarmoqlari uchun diametri 426mm.dan 1620mm.gacha boʼlgan yuqori bosimli metall quvurlar;
- diametri 12mm.dan 36 mm.gacha boʼlgan armaturalar;
- diametri 0,8mm.dan 8 mm.gacha boʼlgan metall simlar;
- choʼyan radiatorlar;
- bolьt, shayba, shurup va gaykalar;
-metall konstruktsiyalar;
- shifer tom qoplamalari;
- 100 m3dan 20000 m3gacha boʼlgan neft-gaz metall rezervuarlar;
- 15m3dan 50 m3gacha boʼlgan bosimli suv minoralari;
- gaz va qattiq yoqilgʼilarga moslashtirilgan xoʼjalik isitish qozonlari;
- sanoat bugʼ isitish qozonlari;
- santexnika (umыvalьnik, unitaz, vanna va boshqa) jihozlari;
- xoʼjalik va sanoat ventilyatorlari;
- elektr nimstantsiyalari, elektr tarqatuvchi jihozlar, vakuumli elektr oʼchirgich va boshqalar.
Kompaniya boʼyicha zamonaviy va talabgor investitsiya loyihalarini koʼpaytirish, yangi texnologiyalarni qoʼllash, import hajmini kamaytirish va yoqilgʼi-energiya resurslarini tejash boʼyicha koʼrilayotgan chora-tadbirlar oʼz natijasini bermoqda.

«O’zmaxsusmontajqurilish» aksiyadorlik kompaniyasi Raisi
Shodiev Azam Xoshimovich


загрузка карты...