Table database

Kompaniya haqida

“Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.02.2014-yildagi “Maxsus montaj qurilish ishlarini takomillashtirish choralar toʻgʻrisida”gi PQ-2136-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Kompaniya 1965-1992-yillarda faoliyat koʻrsatgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi va 1992-2014-yillarda faoliyat koʻrsatgan “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.

Kompaniyaning asosiy maqsadlari va faʼoliyati

- tarmoqni rivojlantirish boʻyicha yagona texnik va texnologik siyosatni tashkil etish, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish;

- qurilish, montaj, maxsus montaj va qurilish sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni koordinatsiya qilish, yangi montaj uslublarini qoʻllash;

- sohada investitsiya siyosatini olib borish, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish;

- ilgʻor sanoat texnologiyalarini joriy etish, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish uchun yangi quvvatlarni joriy etish;

- maxsus va yigʻiladigan qurilish bozorida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish;

- mintaqaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali innovatsion texnologiyalar va zamonaviy oʻrnatish tizimlarini rivojlantirish;

- Kompaniya tarkibiga kiradigan tashkilotlar va korxonalarning muhandislik-texnik va ishchi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni olib borish;

- amalga oshirilgan ishlar sifatini, ularning sanoat standartlari va litsenziya talablariga muvofiqligini oshirish uchun tashkilot va korxonalarga har tomonlama koʻmak berish.

Kompaniyaning kuzatuv kengashi tarkibi

1. Ummatov Bekzod Xamzayev - Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, kuzatuv kengashi raisi

2. Butikov Igor Leonidovich - Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammollarini tadqiqot qilish Markaz direktori

3. Olimjonov Laziz Naimkulovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi

4. Tashov Oʻktam Oʻtkurovish - Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi yetakchi mutaxassisi

5. Kudratov Jamoliddin Hudoyor oʻgʻli - Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi

Boshqaruv organi tarkibi

1.Shodiyev Aʼzam Xoshimovich - Boshqaruv raisi

2.Asadullayev Baxtiyar Xamudullayevich - Boshqaruv raisi 1-oʻrinbosari

3.Shoymardanov Ilxom Pardayevich - Boshqaruv raisi oʻrinbosari

4.Azizov Ulugʻbek Ibragimovich - Moliya va prognozlash boʻlimi boshligʻi

5.Nurmatova Surayyo Yusupovna - Bosh hisobchi

6.Joʻrayev Olimjon Turdalevich - Qurilish, sanoat, mahalliylashtirish va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi.

Kompaniyadagi tarkibiy tashkilot va korxonalar tomonidan asosan ikki yoʻnalishda, yaʼni montaj, maxsus qurilish va qurilish ishlarini bajarish hamda import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi.

Kompaniya tarkibida jami 105 ta xoʻjalik subyektlari mavjud. Shundan 88 tasi montaj va maxsus qurilish ishlariga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari hamda 17 tasi sanoat korxonalaridir.

Kompaniya tarkibida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan 88 ta qurilish tashkilotlarining 28 tasi Kompaniyaning davlat ulushiga ega.

Qurilish sohasida

Kompaniya tarkibidagi montaj, maxsus qurilish va qurilish tashkilotlari malakali kadrlar, ishlab chiqarish va moddiy-texnik bazalarga ega boʻlib, hisobiga respublika iqtisodiyotining sanoat harbiy va fuqaro obyektlari qurilishida qoʻyidagi ishlarni bajarishga ixtisoslashtirilgan.

1.metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va montaj qilish;

2.sanoat obyektlaridagi ishlab chiqarish texnologik tizimlarini montaj qilish va ishga tushirish;

3.magistral gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik quvurlarini montaj qilish;

4.isitish va suv, oqava suv taʼminoti tuzilmalari va texnologik inshootlarni qurish va montaj qilish ishlari;

5.oʻrta va yuqori bosimli quvurli tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish;

6.quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʻlgan elektrotexnika jihozlari va liniyalarni elektro montaj qilish;

7.sovutish-isitish va havoni tozalash tizimlarini montaj qilish;

8.yongʻinni oʻchirish, aloqa va telekommunikatsiya, nazorat oʻlchov asboblari avtomatikasi tizimlarini oʻrnatish;

9.kimyoviy himoya, issiqlik izolyatsiyasi, obmurovka va futerovka maxsus ishlarini bajarish;

10.sanoat va grajdan bino va inshootlarini qurish;

11.qurilish obyektlarida yer texnologik ishlarini bajarish;

12.burgʻulash va portlatish ishlari;

13.koʻprik, estakadalar va tunnel inshootlarini montaj qilish;

14.quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʻlgan elektrotexnika jihozlarini, sovutish-isitish va havoni tozalash tizimlarini sozlash va ishga tushirish ishlarini bajarish.

Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari mustaqillik davridan beri turli sohalarda tegishli sanoat va fuqaro obyektlari qurilishida ishtirok etmoqda.

Xususan,

- Qoʻngʻirot, Shoʻrtan, Chirchik Maksam, Dehqonobod kimyo zavodlari;

- Shoʻrtan, Muborak, Buxoro, Jarqoʻrgʻon neft va gazni qayta ishlash zavodlari;

- Asaka, Toshkent, Samarqand avtomobil va motor zavodlari;

- Toshkent va Buxoro tekstil kombinatlari;

- Uchquduq, Zarafshon, Olmaliq, Navoiy rudani qayta ishlash zavodlari,

- Talimarjon GRES;

- shuningdek, hududlardagi sogʻlikni saqlash, taʼlim, sport, uy-joy va boshqa infrastruktura obyektlari shular jumlasidandir.

Sanoat sohasida

“Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi sanoat sohasida respublikada salmoqli oʻrinlardan biriga ega boʻlib, mamlakatimizdagi turli sohalarning qurilish obyektlariga va asosan montaj va maxsus qurilish ishlariga zarur boʻlgan import oʻrnini bosuvchi qurilish materiallari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi jami 17 ta sanoat korxonalarini oʻzida jipslashtirgan.

Bugungi kunda Kompaniya tarkibidagi sanoat korxonalari tomonidan import oʻrnini bosuvchi 200 dan ortiq turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Shu jumladan:

-diametri 15 mm.dan 1620mm.gacha qalinligi 0,1mm.dan 24mm.gacha boʻlgan spiral va toʻgʻri chokli metall quvurlar;

-shifer tom qoplamalari yiliga 150 ming donagacha;

-100 m3dan 20000 m3gacha boʻlgan neft-gaz metall rezervuarlar yiliga 50 donagacha;

-15m3dan 50 m3gacha boʻlgan bosimli suv minoralari yiliga 1000 tagacha;

-gaz va qattiq yoqilgʻilarga moslashtirilgan xoʻjalik isitish qozonlari yillik quvvati 20 ming dona;

-sanoat bugʻ isitish qozonlari yiliga 10 dona;

-santexnika (umivalnik, unitaz, vanna va boshqa) jihozlari yiliga 500 ming dona komplektda;

-xoʻjalik va sanoat ventilyatorlari yiliga 2500 dona;

-elektr nimstansiyalari, elektr tarqatuvchi jihozlar, vakuumli elektr oʻchirgich va boshqalar yiliga 10 ming dona.

-yillik quvvati 400 ming tonna boʻlgan, yillik 10 ming tonna payvandlash elektrodlari;

-Ø325mm.dan Ø1620mm.gacha boʻlgan quvurlarni ichki va tashqi izoliyatsiya qilish;

-AIII, AIV, AV, klassdagi armaturalar ishlab chiqarish;

-yillik quvvati 500 ming tonna katankalar, provolkalar VR va boshqalar;

-metallkonstruksiyalar yillik quvvati 25 ming tonna.

•2020-yilda 564,7 mlrd.soʻmlik (245,7%) qurilish montaj ishlari, 2098,2 mlrd.soʻmlik (116,8%) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

• 2021-yilda 706,0 mlrd.soʻm (125,0%) qurilish montaj ishlarini bajarish, 4259,0 mlrd.soʻmlik (taqqoslama narxda 134,0%) mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.



PF-2136 27.02.2014г


загрузка карты...