KOMPANIYA HAQIDA

«O’zmaxsusmontajqurilish» aksiyadorlik kompaniyasi 1970 yili Montaj va maxsus qurilish ishlari Vazirligi sifatida tashkil etilgan edi. Respublika mustaqillikka erishganidan so’ng Vazirlik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 1992 yil "O’zmontajmaxsusqurilish" Uyushmasiga, keyinchalik 2014 yili «O’zmaxsusmontajqurilish» aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilib uning tarkibidagi tashkilotlar xususiylashtirildi. O’sha davrda xalqimiz va hukumatimiz oldida Respublikaning iqtisodiy salohiyatini oshirish.. batafsil

   
  
«O’zmaxsusmontajqurilish» AK boshqarish organlari


Kompaniyani boshqarish organlari quyidagilardan iborat:  - Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi (xozirgi kunda yagona aksiyador);  - Kuzatuv Kengashi;  - Ijroiya organi (Boshqaruv).

«O’zmaxsusmontajqurilish» AK yagona aktsiyadori
O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi, davlat ishonch vakili - Shodiev Muxamadjon Ishpulatovich "O'zmaxsusmontajqurilish" AKning yagona aktsiyadori xisoblanadi. "O'zmaxsusmontajqurilish" AK ning yagona aktsiyadori  Kompaniyaning yuqori boshqaruv organidir.
«O’zmaxsusmontajqurilish» AK kuzatuv kengashi

  
Kompaniyaning Kuzatuv kengashi Kompaniya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, qonun hujjatlari va ushbu Ustav bilan Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.

«O’zmaxsusmontajqurilish» AK kuzatuv kengashi raisi M.I. Shodiev

«O’zmaxsusmontajqurilish» AK kuzatuv kengashi  a'zolari:
Qimmatli qog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining bosh direktori
B.A. Ataxanov
O'zbekiston Respublikasi korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi direktor o'rinbosari
D.X. Suyunov
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi raisi birinchi o'rinbosari
A.A. Yuldashev
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi o'rinbosariSh.T. Shanazarov
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o'rinbosariM.M. Mirzaev
O‘zbekiston Respublikasi iztisodiyot vaziri o'rinbosariD.D. Asamov
O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mita boshqarmasi boshlig'i
E.S. Xaitmetov

  

«O’zmaxsusmontajqurilish» AK boshqaruv organi

 "O'zmaxsusmontajqurilish" AK boshqaruv raisi -  Shodiev A'zam Xoshimovich

Tarjimai hol: 

1958 yil 18 dekabrda Farg'ona viloyatida tug'ilgan. 

1985 yilda Volgograd Qurilish-muxandislik institutining qurilish fakul'tetini muxandis-quruvchi mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. Qurilish-montaj ishlari sohasida turli lavozimlarda 28 yildan ortiq vaqt ishlab kelgan. 

2005 yildan "O'zmontajmaxsusqurilish" uyushmasi raisi, keyinchalik 2014 yildan "O'zmontajmaxsusqurilish" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimida ishlamoqda. 

Oilali, ikki farzandi bor.

Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Seyshanba - 17.00-19.00
Tel.:(998 71) 2359095 ; Faks:(998 71) 2345988 ; E-mail:info@uzmontaj.uz;

 
“O'ZMAHSUSMONTAQURILISH” AK RAISINING FUNKSIONAL MAJBURIYATLARI

“O'zmahsusmontajqurilish” AK raisi (keyinchalik “Rais”) o'z lavoizimiga “O'zmahsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining Umumiy Yig'ilish Ishtirokchilari tomonidan saylanadi.

Rais o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda kompaniyaning Nizomi asosida yuritadi.

Rais “O'zmahsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda bevosita yoki o'zining o'rinbosari orqali O'zbekiston Respublikasi qonunlari va uyushmasi Nizomi bilan taqdim etilgan vakolatlar doirasida “O'zmahsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi ishtirokchilari bo'lgan qurilish-montaj tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Rais O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat bojhona qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Arhitektura va qurilish davlat qo'mitasi hamda boshqa davlat va ho'jalik organlari bilan hamkorlik qilish masalalariga javob beradi.

Kompaniya raisi kompaniya tarkibiga kiruvchi montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash va loyiha tashkilotlari, sanoat korxonalarining investitsion loyihalarini amalga oshirish, respublika iqtisodiyotidagi yuqori sifatli qurilish mahsulotlariga bo'lgan extiyojni qondirish, yuqoritexnologiyali, maxsus-qurilish-montaj va ishga turishish ishlari ishlari bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi. Korxona va tashkilotlarga marketing izlanishlar o'tkazishda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlashda chet el investitsiyalarini jalb etgan holda qo'llab-quvvatlaydi.

Rais “O'zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining ijro aparatidagi xodimlarning uyushma ishtirokchilariga ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida ko'mak berish masalalaridagi faoliyatini tashkil qiladi va boshqaradi. Rais “O'zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining ijro aparatiga xodimlarni ishga qabul qiladi, ishdan bo'shatadi, ularning ishiga baxo beradi, rag'batlantiradi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi.

Rais “O'zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining majburiyatlari yuzasidan davlat va xo'jalik organlari oldida kompaniya nomidan javob beradi.



"O'zmaxsusmontajqurilish" AK boshqaruv raisi o'rinbosari -  Shoymardonov Ilhom Pardaevich

Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Payshanba - 17.00-19.00
Tel.:(998 71) 2347521; Faks:(998 71) 2345988 ; E-mail:iinfo@uzmontaj.uz ;

Tarjimai hol: 

1968 yilda Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan. 

1993 yilda Toshkent irrigasiya va meliorasiya institutining muxandis-mehanik mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. Qurilish-montaj ishlari sohasida turli lavozimlarda 23 yildan ortiq vaqt ishlab kelgan. 

2016 yildan "O'zmontajmaxsusqurilish" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi o'rinbosari lavozimida ishlamoqda. 

Oilali, to'rt farzandi bor.


“O‘ZMAXSUSMONTAJQURILISH” AK RAISI O‘RINBOSARINING FUNKSIONAL MAJBURIYATLARI

“O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi raisi o‘rinbosari (keyinchalik “O‘rinbosar”) kompaniya boshqaruvining ishtirokchisi hisoblanadi.

“O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi raisi o‘rinbosari o‘z lavoizimiga “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining Umumiy Yig‘ilish Ishtirokchilari tomonidan saylanadi.

O‘rinbosar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalar MF, Sanoatkontexnazorat, Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa davlat va xo‘jalik organlari bilan hamkorlik qilish masalalariga javob beradi.

Ishlab chiqarish sur’atlari, ish haqi, qurilish-montaj ishlarini samaradorligi va rentabelligi, mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy zahiralarni imkon qadar eng kam miqdorda sarf qilgan holda katta natijalarga erishish maqsadida Kompaniyaning iqtisodiy faoliyatini tashkil qiladi va takomillashtiradi.

Kompaniya raisi o‘rinbosari kompaniya tarkibiga kiruvchi montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash va loyiha tashkilotlari, sanoat korxonalarining investitsion loyihalarini amalga oshirish, respublika iqtisodiyotidagi yuqori sifatli qurilish mahsulotlariga bo‘lgan extiyojni qondirish, yuqoritexnologiyali, maxsus-qurilish-montaj va ishga turishish ishlari ishlari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi. Korxona va tashkilotlarga marketing izlanishlar o‘tkazishda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlashda chet el investitsiyalarini jalb etgan holda qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha institutlari bilan birgalikda yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarish ishlari loyihalarini ishlab chiqishni ta’minlaydi, instruksiya va ularga ilovlar bilan birga yangi ShNK va KNK lar ishlab chiqish va chop etishda ishtirok etadi.

Kompaniyani iqtisodiy rivojlantirish rejalari asosida kadrlarga bo‘lgan extiyojni rejalashtirish va aniqlash bo‘yicha ishlarda ishtirok etadi.

Kompaniya tashkilotlari tomonidan qora va rangli metall topshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlaydi.

Korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qardorliklarni kamaytirish bo‘yicha qonunchilikka muvofiq tegishli choralarni amalga oshiradi.

Kompaniya va uning tarkibidagi korxonlarning iqtisodiy holatini muntazam ravishda o‘rganib boradi, tarmoqning iqtisodiy va ijtimoiy istiqbolli yillik rejalarini tuzish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Seminarlar o‘tkazilishi va Kooperatsion birjada Kompaniya korxonalarining sanoat mahsulotlarini ko‘rgazmasini tashkil qiladi.

Korxonalar iqtisodchilari bilan birgalikda uyushma va korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va iqtisodiy sog‘lomlashtirish yuzasidan qarorlar taklif qiladi.

“O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining Raisi bo‘lmagan paytda uning vazifalarini bajaradi.


загрузка карты...