“Oʼzmaxsusmontajqurilish” aktsiyadorlik kompaniyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 27 fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2136 - sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Kompaniya 1965-1992 yillarda faoliyat koʼrsatgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi va 1992-2014 yillarda faoliyat koʼrsatgan “Oʼzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi... batafsil
Bugungi kunda respublikamizda olib borilayotgan qurilish ishlarini sifati, iqtisod jihatdan qaratilgan loyihani amalga oshirish doirasida Xitoy Xalq Respublikasining «XCMG» kompaniyasi bilan o'zaro aloqadorlik o'rnatildi va ushbu kompaniya bilan o'zaro hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Ushbu hamkorlik doirasida ikki tomonlama shartnomalar asosida bir qator qurilish mexanizasiyalari, texnikalari, jumladan: "XR150D II" rusumidagi bur mexanizasiyasi, "QAY180" rusumidagi bir qancha kranlar keltirildi.
Shu bilan birga O'zbekiston-Germaniya "Man-auto Uzbekistan" qo'shma korhonasida ishlab chiqarilgan katta hajimlarda yuk tashuvchi texnikalar tashkilotlariga o'z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun qo'llanilib kelinmoqda.