Accessibility Tools

QURILISH

Kompaniya tarkibida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan 86 ta qurilish tashkilotlarining 16 tasi Kompaniyaning davlat ulushiga ega.

Shu jumladan:

  • “Toshmetroqurilish” MCHJ va uning tarkibidagi 5 ta tashkilotlar – davlat ulushi 100 foiz;
  • “Portlatishsanoat” AJ va uning tarkibidagi 1 ta tashkilot – davlat ulushi 66 foiz;
  • Kompaniya tomonidan yangidan tashkil etilgan, 100 foiz davlat ulushiga ega boʻlgan 7 ta va  1,5 foiz davlat ulushiga ega boʻlgan 1 ta ixtisoslashgan maxsus, montaj va mexanizatsiya tashkilotlari mavjud.

Kompaniya tarkibidagi ushbu montaj, maxsus qurilish va qurilish tashkilotlaridagi mavjud malakali kadrlar, ishlab chiqarish, moddiy-texnik bazalar hisobiga respublika iqtisodiyotining deyarli barcha sohalaridagi qurilish obyektlarida qatnashib, murakkab metall konstruksiyalar va magistral quvurlar montajidan tortib, elektr, santexnika, ventilyatsiya, havoni isitish, sovutish, kimyoviy himoya, sozlash va ishga tushirish kabi barcha maxsus qurilish ishlarini hamda infrastruktura obyektlarini “kalit ostida” foydalanishga topshirishgacha boʻlgan ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, qurilish obyektlari uchun sifati va mustahkamliligi kafolatlangan turli standart va nostandart metall kontruksiyalar ishlab chiqarmoqdalar.

Aniqroq qilib aytganda montaj maxsus qurilish va qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari turlari asosan quyidagilardan iborat:

  • Metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va montaj qilish;
  • Sanoat inshootlaridagi  ishlab chiqarish texnologik tizimlarini montaj qilish;
  • Magistral gaz, suv va issiqlik quvurlarini montaj qilish;
  • Oʻrta va yuqori bosimli quvurli tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish;
  • Quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʻlgan elektrotexnika jihozlari va liniyalarni montaj qilish;
  • Isitish va suv taʼminoti tuzilmalari va texnologik inshootlarni  montaj qilish ishlari;
  • Sovutish va havoni tozalash tizimlarini montaj qilish;
  • Yongʻinni oʻchirish, aloqa va telekommunikatsiya, nazorat oʻlchov asboblari avtomatikasi tizimlarini oʻrnatish;
  • Kimyoviy himoya, issiqlik izolyatsiyasi, obmurovka va futerovka  maxsus ishlarini bajarish;
  • Sanoat va grajdan bino va inshootlarini qurish;
  • Qurilish obyektlarida yer texnologik ishlarini bajarish;
  • Burgʻulash va portlatish ishlari;
  • Koʻprik, estakadalar va tunnel inshootlarini montaj qilish;
  • Quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʻlgan elektrotexnika jihozlarini sozlash va ishga tushirish ishlarini bajarish.

Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari turli sohalariga tegishli sanoat va fuqorolar obyektlari qurilishida ishtirok etib kelmoqda.

Xususan,

  • Qoʻngʻirot, Shoʻrtan, Chirchik Maksam, Dehqonobod kimyo zavodlari;
  • Shoʻrtan, Muborak, Buxoro, Jarqoʻrgʻon neft va gazni qayta ishlash zavodlari;
  • Asaka, Toshkent, Samarqand avtomobil va motor zavodlari;
  • Toshkent, Urganch, Navoiy, Samarqand xalqaro aeroportlari;
  • Toshkent va Buxoro tekstil kombinatlari;
  • Uchquduq, Zarafshon, Olmaliq, Navoiy rudani qayta ishlash zavodlari,
  • Talimarjon GRES;
  • Shuningdek, hududlardagi sogʻlikni saqlash, taʼlim, sport, uy-joy va boshqa infrastruktura obyektlari shular jumlasidandir.

Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan 2014-2021-yillarda 1 trln 935 mlrd.soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Shundan, 2021-yilda 600 mlrd.soʻmlik ishlar bajarilib, oʻtgan yilga nisbatan 105,8 foizni tashkil etdi.