Accessibility Tools

QURILISH

Kompaniya tarkibidagi montaj, maxsus qurilish va qurilish tashkilotlari malakali kadrlar, ishlab chiqarish va moddiy-texnik bazalarga ega bo‘lib, hisobiga respublika iqtisodiyotining deyarli barcha sohalaridagi qurilish obyektlarida qatnashadi, murakkab metall konstruksiyalar va magistral quvurlar montajidan tortib, elektr, santexnika, ventilyatsiya, havoni isitish, sovutish, kimyoviy himoya, sozlash va ishga tushirish kabi barcha maxsus qurilish ishlarini hamda infrastruktura obyektlarini “kalit ostida” foydalanishga topshirish ishlarini amalga oshiradi.

Shuningdek, qurilish ob’yektlari uchun sifati va mustahkamliligi kafolatlangan turli standart va nostandart metall prokat va kontruksiyalar ishlab chiqaradi.

Kompaniyaning montaj, maxsus qurilish va qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari turlari asosan quyidagilardan iborat:

1.  metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va montaj qilish;

2. sanoat inshootlaridagi  ishlab chiqarish texnologik tizimlarini montaj qilish;

3.  magistral gaz, suv va issiqlik quvurlarini montaj qilish;

4.  o‘rta va yuqori bosimli quvurli tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish;

5.  quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha bo‘lgan elektrotexnika jihozlari

va liniyalarni montaj qilish;

    6.  isitish va suv, oqava suv ta’minoti tuzilmalari va texnologik inshootlarni qurish va montaj qilish ishlari;

    7.  sovutish va havoni tozalash tizimlarini montaj qilish;

    8.  yong‘inni o‘chirish, aloqa va telekommunikatsiya, nazorat o‘lchov asboblari avtomatikasi tizimlarini o‘rnatish;

          9. kimyoviy himoya, issiqlik izolyatsiyasi, obmurovka va futerovka  maxsus ishlarini bajarish;

   10. sanoat va grajdan bino va inshootlarini qurish;

   11. qurilish ob’yektlarida yer texnologik ishlarini bajarish;

   12. burg‘ulash va portlatish ishlari;

         13.  ko‘prik, estakadalar va tunnel inshootlarini montaj qilish;

         14.  quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha bo‘lgan elektrotexnika jihozlarini sozlash va ishga tushirish ishlarini bajarish.

Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari mustaqillik davrida turli sohalariga tegishli sanoat va grajdan obyektlari qurilishida ishtirok etib kelmoqda.

   Xususan,

– Qo‘ng‘irot, Sho‘rtan, Chirchik Maksam, Dehqonobod kimyo zavodlari;

– Sho‘rtan, Muborak, Buxoro, Jarqo‘rg‘on neft va gazni qayta ishlash zavodlari;

– Asaka, Toshkent, Samarqand avtomobil va motor zavodlari;

– Toshkent, Urganch, Navoiy, Samarqand xalqaro aeroportlari;

– Toshkent va Buxoro tekstil kombinatlari;

– Uchquduq, Zarafshon, Olmaliq, Navoiy rudani qayta ishlash zavodlari,

– Talimarjon GRES;

– shuningdek, hududlardagi sog‘likni saqlash, ta’lim, sport, uy-joy va boshqa infrastruktura obyektlari shular jumlasidandir.  

Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan 2014-2023 yillarda 2,9 trln.so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Shu jumladan:

• 2014 yilda – 138,5 mlrd.so‘mga (o‘sish sur’ati 110%);

• 2015 yilda – 156,3 mlrd.so‘mga (112,5%);

• 2016 yilda – 166,4 mlrd.so‘mga (106,5%);

• 2017 yilda – 186,7 mlrd.so‘mga (112,2%);

• 2018 yilda – 209,5 mlrd.so‘mga (112,2%);

• 2019 yilda – 229,5 mlrd.so‘mga (109,5%);

• 2020 yilda – 564,7 mlrd.so‘mga (245,7%);

• 2021 yilda – 413,1 mlrd.so‘mga (73,1%);

• 2022 yilda – 386,0 mlrd.so‘mga (93,4%);

• 2023 yilda – 407,0 mlrd.so‘mga (105,4%);

• 2024 yilga mo‘ljallangan prognoz – 431,0 mlrd.so‘m (106,0%).

“O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati tomonidan sohaning malakali mutaxassislari hamkorligida qurilish sohasida montaj va maxsus qurilish ishlari bo‘yicha bir qator iqtisodiy samarali yangi texnologik montaj ishlari joriy etildi.

Shu jumladan:

– Infrastruktura obyektlaridagi santexnika tarmoqlariga polipropilen trubalarni qo‘llash texnologiyasi asosida montaj qilish;

– uy-joy ob’yektlarida xonadonlarni bir biriga bog‘liq bo‘lmagan holda isitish imkonini beruvchi gorizontal uslubdagi isitish tarmog‘ini montaj qilish texnologiyasi joriy etildi;

– shuningdek, Kompaniyaning sanoat korxonalarida elektr tarmoqlarida qo‘llaniladigan import vakuumli elektr o‘chirgich jihozini ishlab chiqarish texnologiyasi respublikada birinchi marta mahalliylashtirildi;

– yuqori bosimli avto gaz tashish sisternalari ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi;

– santexnika jihozlari ( umivalnik, unitaz, vanna va boshqalar) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.