Accessibility Tools

Sanoat sohasida

“O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi sanoat sohasida respublikada salmoqli o‘rinlardan biriga ega bo‘lib, mamlakatimizdagi turli sohalarning qurilish ob’yektlariga va asosan montaj va maxsus qurilish ishlariga zarur bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi jami 15 ta sanoat korxonalarini o‘zida jipslashtirgan.

1992 yildan buyon “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi va uning huquqiy vorisi sifatida faoliyat yuritayotgan “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimiz yordamlari bilan montaj va maxsus qurilish tashkilotlarini import o‘rnini bosuvchi mahalliy qurilish mahsulotlari va ashyolari bilan ta’minlash ishlari rivojlantirilib kelinmoqda.

Xususan, xorijdan, shu jumladan Rossiya, AQSH, Xitoy va Turkiya davlatlari investitsiyalari hamda mahalliy investorlar jalb etilib,“Toshkent truba zavodi” QK MCHJ, “Konvektor” MCHJ, “Zavod NVA” MCHJ, “Puls-Bah” QK MCHJ, “Sitan” MCHJ, “Noa” MCHJ, “Olmaliq-metall-konstruksiya” MCHJ, “Ven Kon air injiniring” XK, “Davr temir-beton servis” MCHJ, “Sam servis texnologia” MCHJ, “Toshelektrotexmontaj” MCHJ, “Universal metallkonstruksiya” MCHJ va “Toshkent metallkonstruksiya” MCHJ korxonalari tashkil etildi.

Shuningdek, “Uzbek boyler” MCHJ korxonasida respublikada birinchi marta sanoat isitish qozonlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda Kompaniya tarkibidagi sanoat korxonalari tomonidan import o‘rnini bosuvchi 200 dan ortiq turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Shu jumladan:

– diametri 15 mm.dan 102 mm.gacha bo‘lgan to‘g‘ri chokli metall quvurlar;

– 20×20 mm.dan 200×150 mm.gacha bo‘lgan kvadrat va to‘rt burchakli metall quvurlar;

– to‘g‘ri va spiral chokli diametri 114mm.dan 377 mm.gacha bo‘lgan metall quvurlar;

–  diametri 102-1620 mm.gacha bo‘lgan spiral chokli quvurlar;

– magistral neft-gaz-suv tarmoqlari uchun diametri 426mm.dan 1420mm.gacha bo‘lgan to‘g‘ri chokli yuqori bosimli metall quvurlar;

– qalinligi 1,8-12,7 mm.gacha bo‘lgan yupqa o‘rama metall list;

– diametri 12mm.dan 36 mm.gacha bo‘lgan armaturalar;

– diametri 0,8mm.dan 8 mm.gacha bo‘lgan metall simlar;

– cho‘yan radiatorlar;

– bolt, shayba, shurup va gaykalar;

-metall konstruksiyalar;

– shifer tom qoplamalari;

– 100 m3dan 20000 m3gacha bo‘lgan neft-gaz metall rezervuarlar;

– 15m3dan 50 m3gacha bo‘lgan bosimli suv minoralari;

– gaz va qattiq yoqilg‘ilarga moslashtirilgan xo‘jalik isitish qozonlari;

– sanoat bug‘ isitish qozonlari;

– santexnika (umivalnik, unitaz, vanna va boshqa) jihozlari;

– xo‘jalik va sanoat ventilyatorlari;

– elektr nimstansiyalari, elektr tarqatuvchi jihozlar, vakuumli elektr o‘chirgich va boshqalar.

2014-2023 yillarda Kompaniyaning tarkibiy sanoat korxonalari tomonidan jami 18,5 trln.so‘mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Shu jumladan:

• 2014 yilda 623,5 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi (taqqoslama narxlarda o‘sish sur’ati 146,7%);

•  2015 yilda   666,7 mlrd.so‘mlik (108,7 %);

•  2016 yilda   791,1 mlrd.so‘mlik (108%);

• 2017 yilda    918,5 mlrd.so‘mlik  (105,4%);

• 2018 yilda   1 285,1 mlrd.so‘mlik  (103,5%);

• 2019 yilda   1 759,0 mlrd so‘mlik  (136,8%);

• 2020 yilda   2098,2 mlrd.so‘mlik  (116,8%)

• 2021 yilda    3549,0 mlrd.so‘mlik  (118%)

• 2022 yilda    3551,1 mlrd.so‘mlik  (101,6%)

• 2023 yilda    3325,9 mlrd.so‘mlik  (107,4%)

sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

• 2024 yilda 3558,8 mlrd.so‘mlik  (107,0%) mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan.

Kompaniya tarkibidagi sanoat korxonalari faoliyatining ahamiyatli jihati shundaki, 2006 yilda ishlab chiqarish hajmi atigi 48,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich  3325,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ya’ni, ishlab chiqarish hajmi 6886 foizga (68,8 martaga) oshdi! Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barchasi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlardir.

Kompaniya bo‘yicha investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy va talabgor investitsiya loyihalarini ko‘paytirish, yangi texnologiyalarni qo‘llash, import hajmini kamaytirish va yoqilg‘i-energiya resurslarini tejash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘z natijasini bermoqda.

Shu jumladan:

2021 yil yakunida qiymati 86,4 mln dollar, quvvati 500 ming tonna bo‘lgan, qalinligi 1,8-12,7 mm “Yupqa o‘rama metall list prokati ishlab chiqarish”  yirik investitsiya loyihasi ishga tushirildi.  Respublikada ilk bor ishga tushirilgan ushbu loyiha to‘la quvvatda ishlashi bilan yiliga o‘rtacha 240 mln.dollardan ortiq miqdoridagi valyutani iqtisod qilish imkonini beradi.

2023 yilda qiymati 36,5 mln dollar, quvvati 50 ming tonna, diametri         426-1420 mm.gacha  bo‘lgan “To‘g‘ri chokli metall truba ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi ishga tushirildi. 

Shuning bilan birgalikda, energiya resurslarini tejash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish maqsadida Kompaniya tarkibidagi  «V.L.Galperin nomidagi Toshkent truba zavodi» QK MCHJda quvvati 1,0 MVt va qiymati 1 mln 139 ming AQSH doll. bo‘lgan quyosh  elektr stansiyasi qurilishi loyihasi Toshkent truba zavodining o‘z mablag‘lari hisobidan qurilib, 2023 yil sentyabr oyida ishga tushirildi.

      2023 yilda 3 trln 326 mlrd so‘mlik import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘sish sur’ati taqqoslama narxda 107,4 foizni tashkil etdi.

159,0 ming tonna metall truba mahsulotlari, 201,0 ming tonna metall armatura va simlar shuningdek, jami 341 mlrd.so‘mlik boshqa mahsulotlar – 8 ming tonnadan ortiq metall konstruksiyalar, 20 ming m3 temir-beton buyumlari, 200 ming shartli dona santexnika jihozlari, neft va suv saqlash rezervuarlari, isitish qozonlari, payvandlash elektrodlari, metiz, elektr jihozlari va boshqalar ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 1 trln 271 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, belgilangan reja 102,6 foizga bajarildi. Shu jumladan, 142,4 ming tonna yupqa o‘rama metall list, yangi ishga tushirilgan loyiha asosida       1,5 ming tonna to‘g‘ri chokli metall truba va 34,4 ming tonna termik mustahkamlangan armatura ishlab chiqarildi.

9,4 mln dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi. O‘tgan yilga nisbatan 112,9  foizni tashkil etdi.

Import 209,1 mln dollarni (84,9 foiz) tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 15,1 foizga kamaytirildi.

Mahsulotlar tannarxi 4,0 foizga (106,4 mlrd.so‘mga) kamaytirildi.

3,9 mln. kVt/soat elektr energiyasi va 13,6 tonna neft mahsulotlari tejaldi.

40 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bu o‘z navbatida, respublikada sanoat industriyasini rivojlantirishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganligi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yuksalayotganligini isbotidir.